To‘g‘ri tanlov, Muvaffaqiyatli davolash, Sog‘lom kelajak!

Fernicsil

Fernicsil

TARKIBI:
Temir glukonat –350 mg
Fol kislotasi – 400 mkg
Vitamin B12 – 30 mkg
Vitamin C – 60 mg

FARMAKOTERAPEFTIK GURUHI: Antianemik.

FARMAKOLOGIK XUSUSIYATLARI: Fernicsil kombinatsiyalangan preparatdir. 

Temir glukonat organizmda gemoglobin tarkibidagi temir defitsitini bartaraf etadi. 

Fol kislotasi temir defitsitli anemiyalar paytida qonda qizil qon hujayralarida to’planib, qon hosil bo’lish jarayonlarini stimulyatsiya qiladi. Shu bilan birga, fol kislotasi ichak va jigar funksiyalariga muhim ta’sir ko’rsatadi. Jigarda xolin sintezini oshiradi va yog’ infiltratsiyasini cheklaydi. Fol kislotasi immun tizimini mustahkamlaydi, oq qon hujayralari hosil bo’lishi va faoliyatini oshiradi. Fol kislotasi homilalikda embrionning nerv hujayralari bo’linishi va shakllanishida muhim rol o’ynaydi. 

Vitamin B12 eritropoezda purin va pirimidin asoslari, nuklein kislotalarining sintezida ishtirok etadi, eritrositlarda sulfhidril birikmalarni faol to’planishini ta’minlaydi. Shuningdek, vitamin B12 gidrogen tashish va transmetillash jarayonlarida ishtirok etadi. Oqsillar sintezini va organizmda to’planishini oshirish orqali anabolik ta’sir ko’rsatadi. 

Vitamin C metabolik ta’sirga ega. Organizmda sintezlanmaydi, faqat oziq-ovqat orqali olinadi. Oksidlanish-reduksiya jarayonlarida, uglevod almashinuvida, to’qimalar regeneratsiyasida ishtirok etadi, organizmning infektsiyalarga chidamliligini oshiradi, tomir o’tkazuvchanligini pasaytiradi. Temir, fol kislotasi, gistamin, uglevodlar utilizatsiyasi, lipid, oqsil, karnitin sintezi va immun reaksiyalarda ishtirok etadi. Kuchli antioksidant va antiagregant ta’sirga ega.

KO’RSATKICHLARI:

  • Temir defitsitli anemiya. 
  • Fol kislotasi defitsiti. Shu bilan birga temir va fol kislotasi defitsitini profilaktika qilish. 
  • Vitamin B12 defitsiti. Shu bilan birga temir va vitamin B12 defitsitini profilaktika qilish. 
  • Homilalikning II va III trimestrida, tug’ruqdan keyin va laktatsiya davrida temir va fol kislotasi defitsitini profilaktika va davolash. 

QАRSHI KO’RSАTMАLАR 

  • Preparat tarkibidagi har qanday komponentga nisbatan gipersensitivlik. 
  • Gemolitik anemiya, gemokromatoz, hemosideroz, aplastik anemiya. 

QO’SHIMCHA TA’SIRLARI:
Qorin bo’shlig’i noqulayligi, qayt qilish, gastralgiya, qabziyat yoki diareya.

QOLLASH USULI VA DOZALARI ichga ovqatdan 1 soat oldin yoki 2 soat keyin. Davolash paytida – kuniga 1 tabletka 2 marta, og’ir hollarda 3 marta; Profilaktika maqsadida – kuniga 1 tabletka 1 marta; Laktatsiya davrida – 1 tabletka, butun laktatsiya davomida bir oylik oraliqlar bilan. Davolash 1-3 oy davomida Hb qonda normal miqdorga yetguncha davom ettiriladi.

HOMILADORLIK VA LAKTATSIYA DAVRIDA QABULI: Homilalik (II va III trimestrda) va laktatsiya davrida FERNICSIL preparatini qabul qilish mumkin.

CHIQQAN FORMASI: FERNICSIL №30. 15 tabletkadan iborat 2 blister va ma’lumot varaqi bilan birga karton qutida qadoqlangan.

Mahsul va brend egasi: "NOVATOR PHARMA", Buyuk Britaniya.

Ishlab chiqaruvchi: “Primea Limited”, Angliya. "NOVATOR PHARMA" UK maxsus buyurtmasi bilan.